AsosiyJamiyat

Navoiyda "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida bir yo`lovchi vafot etdi

'Navoiyda "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida bir yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 28 iyul kuni soat 16:20 larda, Navoiy viloyati, Nurota tumani, Qadoq MFY hududida haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan B.P. "Neksiya-3" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi yo`ldan chiqib ketib ag`darilgan. Bu haqda  Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi  xabar bermoqda. 

Natijada, yo`lovchi, 1982 yilda tug`ilgan X.K. og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

️Mazkur YTH yuzasidan Nurota tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar