AsosiyJinoyat

Andijonda baliqchilik ko`li tashkil qilish uchun er olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Andijonda baliqchilik ko`li tashkil qilish uchun er olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro M.M. tadbirkor O`.ning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani, Mirobod MFY hududidan sholichilik hamda baliqchilik ko`li tashkil qilishi uchun kadastr idoralarida ishlovchi tanishi orqali 2,3 gektar er maydonini 20 000 AQSh dollariga olib berishni va`da qilib, shundan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Andijon viloyati er tuzish va ko`chmas mulk davlat kadastr korxonasi sobiq mutaxassisi B.A. fuqaro M.M.dan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar