Kecha, 28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:10 da Aktyubinsk viloyati, Qarabutak mahallasidan o`tadigan «Samara-Chimkent» xalqaro avtomobil yo`lining 992-kilometrida Qozog`iston fuqarosi boshquruvidagi Toyota Previa avtomashinasi ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA .
Mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasidan ma`lum qilishlaricha, yo`l-tansport hodisasi natijasida avtomobil haydovchisi va Aktau shahriga ishga ketayotgan 8 nafar yo`lovchi (barchasi O`zbekiston fuqarolari) turli darajadagi tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqazilgan.
43 yoshli fuqaro N.D vafot etdi. 5 nafar yo`lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo`lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni o`z nazoratiga olgan. Marhumning jasadini Vatanga etkazishni tashkil etish va jabrlanganlarga yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.






