AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yil boshidan buyon 104 nafar bola YTH tufayli vafot etdi

'O`zbekistonda yil boshidan buyon 104 nafar bola YTH tufayli vafot etdi'ning rasmi

Oliy Majlis yuqori palatasining o`n ettinchi yalpi majlisi oldidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasining majlisi bo`lib o`tdi. 

Senat Axborot xizmati xabariga ko`ra, majlisda respublikamizda sodir bo`layotgan yo`l-transport hodisalari bilan bog`liq masalaga alohida e`tibor qaratildi. 

Qayd etilishicha, avtomobil yo`llarida yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash yuzasidan ta`sirchan nazorat to`liq va samarali o`rnatilmaganligi sababli 2021 yilning 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko`p yo`l harakati qoidabuzarligi sodir bo`lgan.

Oqibatda 3754 ta yo`l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo`lgan. Eng achinarlisi, 2021 yilning o`tgan 6 oyida bolalar bilan bog`liq 542 ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga etmagan bola halok bo`lgan.

Yig`ilishda mazkur holatlar keskin tanqid qilinib, soha vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar