Bu haqda AOKAda oiladagi zo`ravonlikning oldini olish, jabr ko`rganlarga ko`mak berish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlab o`tkazilgan matbuot anjumanida aytib o`tildi.
Ma`lum bo`lishicha, 2021 yilning 6 oyi davomida 20 387 nafar xotin- qizlarga himoya orderi berilgan.
Olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 10 mingdan ortiq oila yarashtirildi, 7 841 oilalarda nizolar bartaraf etilgan.
Himoya orderi - bu tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat hisoblanadi.
Himoya orderini rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektoriga berilgan.
U 30 kun muddatga berilib, shu muddat ichida xavf bartaraf etilmasa, uni yana 30 kunga uzaytirilishi mumkin.
2021 yil 6 oyi davomida 20 387 nafar fuqarolarga “himoya order”i berilgan.






