Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro Q.J. o`ziga issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix er maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy qurish uchun vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga uning 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv jarayonida Q.J. o`z aybiga to`liq iqror bo`lib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so`mni o`z ixtiyori bilan taqdim qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






