AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi jami 7 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi jami 7 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi'ning rasmi

29 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 213 278 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 145 873  nafarni,

2-bosqich emlanganlar 47 185  nafarni,

3-bosqich emlanganlar 20 220 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 195 709 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 4 635 592   nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 1 834 411 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 725 706 nafarni tashkil qildi.

 

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 170 003  nafarni tashkil qilmoqda.

 

29 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Farg`ona viloyati (25 424 doza),
  • Andijon viloyati (25 093 doza),
  • Namangan viloyati (21 654 doza),
  • Toshkent viloyati (19 977  doza) band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Farg`ona viloyatida 932 829 doza,
  • Namangan viloyatida 932 538 doza,
  • Andijan viloyatida 798 009 doza,
  • Samarqand viloyatida 668 463  dozani tashkil qilmoqda.

 

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar