AsosiyJamiyat

Senat Raisi: Haligacha muammo va kamchiliklar mavjudligi tufayli Davlat dasturi bo`yicha qilingan ko`plab ishlar ko`rinmayapti

'Senat Raisi: Haligacha muammo va kamchiliklar mavjudligi tufayli Davlat dasturi bo`yicha qilingan ko`plab ishlar ko`rinmayapti'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining o`n ettinchi yalpi majlisida eshitilgan Davlat dasturining ijrosi bo`yicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti keng muhokama qilindi. 

Xususan, Senat Raisi T.Narbaeva mazkur masala bo`yicha o`z fikrlarini bildirdi.

– Haligacha muammo va kamchiliklar mavjudligi tufayli Davlat dasturi bo`yicha qilingan ko`plab ishlar ko`rinmayapti, – dedi Senat Raisi  T.Narbaeva. – Xususan, bajarilmagan bandlar ko`proq ijtimoiy soha bilan bog`liq bo`lyapti. Shu sababli Davlat dasturidagi muddatida bajarilmagan bandlar bo`yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar o`z vaqtida qabul qilinmayotgani masalasini oldin ham bir necha marotaba muhokama qilganmiz. Lekin shu paytgacha bu borada jiddiy o`zgarish sezilmayapti. Shuning uchun ham belgilangan vazifalar ijrosi to`xtab qolyapti.

Ayniqsa, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” kabi muhim dasturlarning tegishli hududlarda ijro etilishi holati mahalliy Kengashlarda ham muhokama qilinishi kerak. Bu jarayonda mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari faol bo`lishi, har bir masalaga doir real holatni chuqur tahlil qilgan holda hududiy ijro tuzilmalari oldiga vazifalar qo`yishi zarur.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar