Joriy yilning 30 iyul kuni soat 10:45 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko`chasida "Neksiya" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, haydovchi avtomobilni to`xtatgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida kuyish tan jarohati olganlar yo`q. Avtomobilga zarar etgan xolos.
️Hodisa yuzasidan shahar FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
"️Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB axborotida.