AsosiyJamiyat

Aholi talabi bilan Farg`ona – Qo`qon yo`nalishida avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'Aholi talabi bilan Farg`ona – Qo`qon yo`nalishida avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Hudud aholisidan kelib tushgan ko`p sonli murojaatlarning ijobiy echimini ta`minlash, yo`lovchilarga zamon talablari darajasida avtotransport xizmatlari ko`rsatishni tashkil etish maqsadida viloyat transport boshqarmasi tomonidan Farg`ona – Qo`qon yo`nalishdagi qatnov tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Ushbu yo`nalishda “Uzautotrans service” korxonasi o`zining zamonaviy YUTONG avtobuslarida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatmoqda. Yangi tashkil etilgan shaharlararo avtobus yo`nalishi  viloyatning Rishton va Bag`dod tumanlari aholisi uchun ham judda katta qulaylik yaratdi.  

Qatnovlar qat`iy tasdiqlangan jadval asosida har soatda amalga oshiriladi.  Masofasi 105 km bo`lgan ushbu yo`nalishda yo`lkira narxi 14 ming so`m etib belgilangan.  

 

 

 

    Boshqa yangiliklar