Prezidentining "Kam ta`minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori tasdiqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli ishlarni davom ettirish hamda moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning farzandlarini kiyim-bosh to`plamlari, maktab formasi va o`quv qurollari bilan ta`minlash xarajatlarini byudjet mablag`lari hisobidan qoplash maqsadida:
1.2021 yilning avgust oyida aholining quyidagi qatlamlariga
500 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam (keyingi o`rinlarda – bir martalik moddiy yordam) ko`rsatish belgilandi.
boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to`lmagan bolalariga;
nogironligi bo`lgan 18 yoshga to`lmagan bolalarga.
2. Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansdi:
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlariga bir martalik moddiy yordam to`lash xarajatlari
– respublika byudjeti mablag`lari;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi va boshqa organlardan boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning
18 yoshga to`lmagan bolalariga, shuningdek, nogironligi bo`lgan 18 yoshga to`lmagan bolalarga bir martalik moddiy yordam to`lash xarajatlari – byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi hamda vazirlik va idoralarga ajratilgan byudjet mablag`lari.
3. Quyidagilar bir martalik moddiy yordamning ushbu qarorga muvofiq maqsadli va manzilli etkazilishini ta`minlash yuzasidan shaxsan mas`ul etib belgilandi:
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo`linmalari rahbarlari – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning
18 yoshgacha bo`lgan farzandlari sonidan kelib chiqib, to`lov vedomostlari shakllantirilishi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining joriy yil 25 avgustga qadar manzilli etkazilishini ta`minlash va nazorat qilish bo`yicha;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo`mitasi, sud hokimiyatining oliy organlaridan – tegishliligi bo`yicha boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi va nafaqasi oluvchi oilalarning 18 yoshga to`lmagan bolalariga, shuningdek, nogironligi bo`lgan 18 yoshga to`lmagan bolalarga bir martalik moddiy yordam pullarining pensiyalarni (nafaqalarni) to`lash uchun belgilangan muddatlarda va manzilli etkazilishini tashkil etish bo`yicha;
Moliya vazirligi – zarur mablag`larning O`zbekiston Respublikasi respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasidan o`z vaqtida ajratilishi bo`yicha.






