AsosiyJamiyat

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 30 iyul kuni soat 19:40 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh ko`chasida "Captiva", "Cobalt", "LADA Vesta", yana bir "Cobalt" va "BMW X5" rusumli avtomobillar oldinma-ketin to`qnashishi oqibatida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q.  

To`qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar