Kecha, 30 iyul kuni yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 924 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 559 nafarga etdi, COVID-19 dan 8 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
30 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129327 (+924) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 95 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 35 nafari Andijon viloyatida,
- 17 nafari Buxoro viloyatida,
- 99 nafari Jizzax viloyatida,
- 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 20 nafari Navoiy viloyatida,
- 35 nafari Namangan viloyatida,
- 94 nafari Samarqand viloyatida,
- 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 102 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 89 nafari Farg`ona viloyatida,
- 47 nafari Xorazm viloyatida,
- 98 nafari Toshkent viloyatida,
- 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 50 nafar,
- Buxoro viloyatida 14 nafar,
- Jizzax viloyatida 95 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 25 nafar,
- Navoiy viloyatida 39 nafar,
- Namangan viloyatida 32 nafar,
- Samarqand viloyatida 100 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 37 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 104 nafar,
- Farg`ona viloyatida 75 nafar,
- Xorazm viloyatida 42 nafar,
- Toshkent viloyatida 74 nafar,
- Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 123164 (+796) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874 nafarni tashkil qildi.






