AsosiyJamiyat

Ayollar xo`rlandi, erkaklarga kuch ishlatildi – Namangandagi “zo`ravon” IIB xodimlariga jazo bormi? — Holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi

'Ayollar xo`rlandi, erkaklarga kuch ishlatildi – Namangandagi “zo`ravon” IIB xodimlariga jazo bormi? — Holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayollar xo`rlandi, erkaklarga kuch ishlatildi – Namangandagi “zo`ravon” IIB xodimlariga jazo bormi?” sarlavhali videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, 30 iyul kuni soat 11:30 lar da  Namangan shahar, “Shodlik” MFY, To`raqo`rg`on ko`chasida yashovchi M.I. yashash xonadoni yonida qurilish ishlarini olib borayotgan fuqaro A.B. bilan janjallashib qolganligi sababli ushbu janjalni to`xtatish uchun jalb etilgan hudud profilaktika inspektori B.Mo`minov va A.Xamraevlarga qarshilik ko`rsatib, ularning egnida bo`lgan xizmat kiyimining tugmalarini uzib tashlagan.

Voqeani bir taraflama yoritishga uringan blogerlar hodisa joyida xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarga qo`pol qarshilik qilib, tosh va boshqa buyumlar bilan ularga tahdid qilgan va ommani to`plab jamoat tartibini buzgan fuqarolar haqida hech qanday ma`lumot bermagan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov jarayonlarida janjal ko`targan fuqarolar va IIB xodimlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar