AsosiyJamiyat

Farg`onalik ayol mehmonxonada o`g`rilik sodir etdi

'Farg`onalik ayol mehmonxonada o`g`rilik sodir etdi'ning rasmi

27 iyul kuni U.Z ismli ayol I.N. ismli ayolni Yangiobod mahallasi hududida joylashgan mehmonxonasida qarovsiz qoldirgan ayollar hamyoni, ichida bo`lgan narxi 2.600.000 so`mlik “RedMi 9” rusumli uyali telefon apparati va 23.000 so`m pulini yashirin ravishda o`g`irlab ketgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar