Kecha, 30 iyul kuni Surxondaryo viloyati hududidagi “Termiz” poligonida O`zbekiston – Rossiya Qurolli Kuchlari hamkorligida o`tkaziladigan qo`shma o`quvlarda ishtirok etuvchi Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari mamlakatimizga etib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lum qildi.


Mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida kutib olindi.
Hamkorlikdagi o`quvlar kecha, 30 iyuldan boshlandi.



Mashg`ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yo`q qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.
Mashg`ulotlar jarayoni batafsil yoritib boriladi.






