Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 31 iyul kuni soat 16:20larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqumiy ko`chasida 1981 yilda tug`ilgan haydovchi X.T. "Vaz-2114" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi ag`darilgan.
Ag`darilish oqibatida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa natijasida bir nafar yo`lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Shu o`rinda YHXBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`ramoqda.