AsosiyJamiyat

Toshkentda portlash sodir bo`ldi. Bir kishi hayotdan ko`z yumdi, uch kishi jarohat oldi

'Toshkentda portlash sodir bo`ldi. Bir kishi hayotdan ko`z yumdi, uch kishi jarohat oldi'ning rasmi

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo`ldi. Bu haqda FVV ma`lum qildi. 

Xabarga ko`ra, portlash 31 iyul kuni taxminan 19:30larda «Qushqo`rg`on» mahallasidagi omborxona binolaridan birida ro`y ergan. Hodisa oqibatida omborxona binosidan tashqari, korxonaning ma`muriy binosi ham vayron bo`lgan. Shuningdek, qo`shni binoda joylashgan nonvoyxona ham qisman zarar ko`rgan.

Favqulodda holat natijasida korxonaning bir ishchisi hayotdan ko`z yumgan, uch kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, hodisaga binoda gaz sizib chiqishi sabab bo`lgan. Hodisa joyida FVV qutqaruvchilari, IIV, prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar