AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ayol o`z onasini viloyat hokimidan eplab pul so`rab ololmagani uchun urib, tahqirladi (Video)

'Qashqadaryoda ayol o`z onasini viloyat hokimidan eplab pul so`rab ololmagani uchun urib, tahqirladi (Video)'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ayol keksa onasi bilan juda qo`pol munosabatda bo`lib, hatto unga qo`l ko`targani aks etgan video tarqaldi.

 

 

Ma`lum bo`lishicha, bugun Qarshi shahridagi 18-sonli yotoqxonada istiqomat qiluvchi nogironligi bor oila viloyat hokimi bilan videoaloqa orqali bo`lib o`tgan uchrashuvda 2 xonali uy qurib berish borasida yordam so`ragan.  

Qarshi shahar hokimli mutasaddilarning vaziyatga oydinlik kiritishlaricha, 2020-2021 yillarda Qarshi shahar hokimligi va homiylar tarafidan ushbu oilaga 46 mln 500 ming so`mlik moddiy yordam, uy-joy qurish uchun 2 sotix er, muntazam oziq-ovqat va yaqinda fuqaro qizining to`yi uchun hokimlik oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. Qariya onaxonga esa nogironlar aravachasi va gigiena mahsulotlari etkazib berilayotganligi ta`kidlangan.

Viloyat hokimi ushbu murojaatda ham qariya onaxonni davlat o`z vasiyligiga olib yaxshi parvarish qilishi borasida onaxonning qiziga taklif bilan chiqgan.

Videoni suratga olgan va vaziyatni izohlagan mas`ulning "Daryo" muxbiriga aytishicha, qiz onasini viloyat rahbaridan eplab pul so`rab ololmagani uchun tahqirlagan. Onaxonga qilingan holat birinchi marotaba emasligini, bundan avval ham shu harakatlarini amalga oshirganini bildirgan. 

Balki onaxonni davlat o`z vasiyligiga olib, farzandi berayotgan azoblardan xalos etar. Balki huquqni muhofaza etuvchi idoralar "oqpadar" qizga jazo tayinlar. Balki “o`zim aybdor edim”, deya onaizor farzandini jazodan asrab qolar. Ammo ayolning oldidagi 12 yasharlar chamasi qizi bir kun kelib, xuddi o`zining qiliqlarini o`zi qaytarishi aniq. 

    Boshqa yangiliklar