Termiz tumanida 2020 yil aprel oyida, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida, ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz tuman sudi tomonidan qidiruvda bo`lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo`llanilgan, tumanning “Chegara” mahallasida yashovchi, B.Marjona 24 iyul kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Post-patrul xizmati bataloni xodimlari tomonidan Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo`lga olingan.
B.Marjona sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta`minlanishi uchun JIB Termiz tuman sudiga topshirilgan.






