Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan "Uchaskavoy fuqaroni qiynab o`ldirdi. Qashqadaryoda vaxshiylarcha qotillik" sarlavhali videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
Ma`lum qilinishicha, holat viloyat IIB ma`sul xodimlari va Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.
"Shu o`rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati to`g`risida asoslantirilmagan, noto`g`ri yoki yolg`on xabarlarni tarqatmasliklarini, bu uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib o`tamiz",–deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.
Holat yuzasidan o`rganish yakuni bilan qo`shimcha axborot beriladi.