Chilonzor tumani er osti gaz qudug`idagi o`rta bosimli zulfinni ta`mirlash ishlari rejalashtirilgani sababli, bugun, 2 avgust kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar “Tirsakobod”, “Do`mbirabod”, ”Katta Do`mbirabod” hamda “Gavhar” ko`chasidagi aholi va ulgurji iste`mochilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, 2021-2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida, ertaga, 3 avgust kuni “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumani “Oltin vodiy” hamda “Qum ariq” mahallalari iste`molchilari uchun o`rnatilgan GTPni o`rnatish va ulash ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli, ertaga, 3 avgust kuni soat 11:00 dan 18:00ga qadar “Oltin vodiy”, “Aeroport hududi”, “Obi Rahmat” mahallalaridagi aholi va ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.






