AsosiyJamiyat

Qarshida poezd to`xtab qolganligi sabab mashinalar shaharga kira olmay qoldi. Rasmiylar izoh berdi

'Qarshida poezd to`xtab qolganligi sabab mashinalar shaharga kira olmay qoldi. Rasmiylar izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahriga kirish postlaridan birida poezd to`xtab qolganligi sababli avtomashinalar shaharga kira olmayotganligi haqida tarqatilgan videotasvir hamda bildirilgan fikrlarga “Qarshi mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitar korxonasi munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 2021 yil 1 avgust kuni sodir bo`lgan bo`lib, korxona tarkibidagi Qarshi stansiyasi saralash parkidan jo`natish parkiga 4130-km.dagi qo`riqlanadigan pereezd orqali Qozog`istonning Aris stansiyasi yo`nalishiga poezdning tortish jarayonida 4130-km.dagi qo`riqlanadigan pereezddan avtomashinalar qatnovini to`xtashiga olib kelgan.

Avtomobil-transport harakati qisqa vaqt ichida tiklandi, deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar