AsosiyJinoyat

Ishtixonda o`qishga kiritib qo`yish uchun 2 700 AQSh dollari so`ragan firibgar qo`lga olindi

'Ishtixonda o`qishga kiritib qo`yish uchun 2 700 AQSh dollari so`ragan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Unda, fuqaro R.B. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar