Uzun tumanida 2021 yil 31 iyul kuni soat 22:30larda Sariosiyo tumanida yashovchi fuqarolar A.Odiljon, Sh.Daler, B.Shaxzod, N.Asqar va R.Shaxbozlar bir guruhga birlashib, Uzun tumani “O`zbekiston” mahallasi “O`zbekiston” ko`chasida joylashgan chorraha yonida tumanning “Navro`z” mahallasida yashovchi voyaga etmagan R.Sunnatulloni hech bir sababsiz urib, do`pposlagan.
Voqea sodir etilgan vaqtda etib kelgan tuman Ichki ishlar bo`limi xodimlarining ogohlantirishlariga qaramasdan, bezorilar o`zlarining hatti-harakatlarini to`xtatishmasdan, janjalni bartaraf etishga uringan tuman IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.larga faol qarshilik ko`rsatib, tan jarohati etkazishgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga ko`ra, ichki ishlar organi xodimi S.M.ning badanida tan jarohati og`irlik darajasiga ko`ra “Sog`ligining buzilishiga sababchi bo`lgan engil” tan jarohatlari ekanligi, shuningdek, ichki ishlar organi xodimi S.Q. hamda voyaga etmagan R.Sunnatulloning badanida “Engil” tan jarohatlari ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.Odiljon, Sh.Daler, B.Shaxzod, N.Asqar va R.Shaxboz va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






