Prezident farmoni bilan sentyabr oyidan boshlab kimoshdi savdosiga qo`yiladigan davlat aktivlari ro`yxati tasdiqlandi.
Ro`yxatda 12 ta asosiy lotlar bor:
- Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasi.
- Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi.
- Premier Hall kinozali.
- Matbuot uyi (“Gazeta korpusi”).
- “Chotqol” dam olish maskani.
- Algoritm binolari.
- Sobiq “Markaz Ulgurji Savdo Invest” ning bino va inshootlari.
- “Sergeli” sanoat zonasi.
- “Bektemir” sanoat zonasi.
- “O`zmetkombinat” metallni saqlash va jo`natish ombori.
- Zangiotdagi parrandachilik fabrikasi.
- Sobiq kinologiya markazi.
Eslatib o`tamiz, “Matbuot uyi” avval auksionga qo`yilganida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlar tomonidan keskin norozilikka uchragan edi.
O`tgan 2018 yili 21 aprelda 15 milliard qarzdorligi uchun auksionga qo`yilgan bino keyinchalik Toshkent shahar hokimiyati tomonidan savdodan olinib, matbuotimiz vakillariga qaytarilgan edi.
O`sha vaqtda hozirgi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi. Ortiqxo`jaev ilk hokimlik vazifasini bajarishga kirishgan kunlari “Matbuot uyi”ni jurnalistlarga qaytarib berib, matbuot ahlida iliq taassurot qoldirgandi.






