AsosiyJamiyat

Termizda O`zbekiston-Rossiya harbiylarining qo`shma o`quvlariga start berildi

'Termizda O`zbekiston-Rossiya harbiylarining qo`shma o`quvlariga start berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi mudofaa vazirliklari tomonidan ikki davlat o`rtasidagi harbiy maqsadga mo`ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq joriy yilning 30 iyulidan 8 avgustiga qadar “Termiz” okrug dala o`quv maydonida birgalikdagi O`zbekiston va Rossiya o`quvi o`tkazilmoqda.
Bugun, 2 avgust kuni “Termiz” poligonida “Janub-2021” O`zbekiston-Rossiya qo`shma o`quvining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lum qildi.

O`quvning asosiy maqsadi ikki davlat harbiy boshqaruv organlarining hamkorlik tizimini takomillashtirish, xavfsizlikni ta`minlash masalalari yuzasidan tajriba almashish kabilardan iborat.

O`quvning tantanali ochilishida O`zbekiston Respublikami Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo`yicha o`rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov va Rossiya Federasiyasi Markaziy harbiy okrugi shtab boshlig`ining o`rinbosari general-mayor Nikolay Tereshenko co`zga chiqib, o`zaro hamkorlikning muhim jihatlari va o`quvdan ko`zlangan asosiy maqsadlar yuzasidan to`xtalishgan.

Kuni kecha o`quv-yig`in ishtirokchilari rejaga muvofiq viloyatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurgan.

 

    Boshqa yangiliklar