AsosiyJinoyat

Namanganda 34 yoshli erkak to`yda sobiq xotini bilan tortishib qolib, uni pichoqladi

'Namanganda 34 yoshli erkak to`yda sobiq xotini bilan tortishib qolib, uni pichoqladi'ning rasmi

2021 yil 28 iyul kuni soat 14:30 larda, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro, mahallasida yashovchi sinfdoshi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaroning uyida o`tkazilgan to`yda, sobiq turmush o`rtog`i, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan ayol bilan o`rtalarida sodir bo`lgan og`zaki tortishuv  sababli to`y o`tkazilgan xonadondan chiqib, ko`chada oshxona pichog`i bilan sobiq turmush o`rtog`ining ko`krak qafasi chap tomon old yuzasiga ikki marotaba va bel sohasiga ikki marotaba urgan vaqtida, ushbu joyda bo`lgan sinfdoshlari uni tortib olganligi sababli jinoyatini o`ziga bog`liq bo`lmagan holda oxiriga etkaza olmagan. Natijada ayol tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 iyul kuni O`z.R JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaroni O`z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB boshlig`i rahbarligida uning o`rinbosarlari, tuman hokimi, tuman prokurori, sektor rahbarlari, mas`ullar va hudud aholisi ishtirokida hodisaning muhokamasi o`tkazildi. 

Boshqa yangiliklar