AsosiyJamiyat

Qashqadaryo Moliya bosh boshqarmasi boshlig`i yig`ilishda xodimlarni haqoratladi(video)

'Qashqadaryo Moliya bosh boshqarmasi boshlig`i yig`ilishda xodimlarni haqoratladi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Moliya bosh boshqarmasi boshlig`i Fayzulla Yusupovni xodimlari bilan o`tkazgan yig`ilishida Koson tumani Moliya bo`limi boshlig`i Sh.Safarovga nisbatan qo`pol muomalada bo`lganligi qayd etilgan audioyozuv keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Ushbu Moliya vazirligi tomonidan o`rganib chiqildi. Vazirlik Matbuot xizmati o`rganish natijalarini ma`lum qildi.

Moliya vazirligi tizimida xodimlar va jamoatchilik vakillari bilan munosabatda bo`lishda bunday holatlarga yo`l qo`yilishi vazirlik tizimi xodimlarining professional odob-axloq bo`yicha umumiy tamoyillariga va ish jarayonidagi xulq-atvor qoidalariga mutloqo to`g`ri kelmaydi.

Raxbar o`ziga bo`ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o`rnak bo`lishi, Moliya vazirligida yoxud uning huzuridagi tashkilot va muassasalarda yoki hududiy bo`linmasida ma`naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko`maklashishi lozim.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlash Viloyat hokimining Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan amalga oshirilishini hisobga olib, Qashqadaryo viloyati Moliya bosh boshqarmasi boshlig`i F.Yusupovning hatti xarakatlari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlarining odob-axloq masalalari bo`yicha jamlanma ishchi guruxi tomonidan ko`rib chiqiladi va tegishli takliflar Qashqadaryo viloyati xokimligiga kiritiladi.  

    Boshqa yangiliklar