AsosiyJamiyat

Tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoeva vafot etdi

'Tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoeva vafot etdi'ning rasmi

O`zR FA Tarix institutining ma`lum qilishicha, bugun, 2 avgust kuni professor Dono Hamidovna Ziyoeva vafot etdi.

D.Ziyoeva ilmiy faoliyatini 1983 yil Tarix institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, institutning ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari (2000-2005), "XIX-XX asr tarixi" bo`limi mudiri (1998 yildan hozirgacha) kabi mas`uliyatli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Olima 1990 yil "Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati tarixshunosligi" mavzusida nomzodlik, 1999 yil "1917-1924 yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida" mavzularida doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Shuningdek, olima ilmiy rahbarligida "O`zbekiston tarixi" ning V jildi, "O`zbekiston tarixi xrestomatiyasi" ning IV jildi va boshqa qator to`plamlar nashr etilgan.  

"Darakchi" nashri jamoasi professor Dono Hamidovna Ziyoevaning vafoti munosabati bilan olimaning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar