Bugun, 3 avgust kuni ertalab soat 09:00 dan 10:00 ga qadar barcha abiturientlar o`zlari test topshirishi belgilangan stadion yoki xiyobonga kelib, u er bilan tanishib ketishi mumkin. Bu haqda DTM xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, bunda abiturientlar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan videofiksasiyadan o`tkazilib, videofiksasiya tizimi sinovdan o`tkaziladi.






