AsosiyJamiyat

Yig`ilishlarda majburan ishtirok etgan xodimlar tomonidan murojaat kelib tushmagan – Davlat mehnat isnpeksiyasi

'Yig`ilishlarda majburan ishtirok etgan xodimlar tomonidan murojaat kelib tushmagan – Davlat mehnat isnpeksiyasi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan hududiy hokimliklar hamda tashkilotlar rahbarlari tomonidan ish vaqtidan tashqari vaqtlardagi va ayrim hollarda dam olish kunlari yig`ilishlar  tashkil etilayotganligi to`g`risidagi xabarlar ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bayonotiga ko`ra, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta`minlash maqsadida tegishli hokimiyat, vazirlik, va tashkilotlarga xodimlarni ishdan tashqari vaqtda hamda dam olish kunlari ishga jalb qilish to`g`risida buyruq rasmiylashtirish hamda tegishli to`lovlarni amalga oshirish yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan.

️Vazirlik barcha ishchi xodimlarga ish vaqtidan tashqari vaqtlardagi yig`ilishlar, videoselektorlarga qatnashish bu ixtiyoriy ekanligini hamda xodimlar yig`ilishlarga qatnashmagan taqdirda ish beruvchi tomonidan biron bir intizomiy jazo qo`llash mumkin emasligini eslatib o`tdi.  

️Ta`kidlanishicha, Davlat mehnat isnpeksiyasiga yig`ilishlarda majburan ishtirok etgan xodimlar tomonidan murojaat kelib tushmagan.

 

    Boshqa yangiliklar