AsosiyJamiyat

Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti ilk marotaba tashkillashtirilmoqda – Dilmurod Hamraev

'Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti ilk marotaba tashkillashtirilmoqda – Dilmurod Hamraev'ning rasmi

Bu haqda Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig`i Dilmurod Hamraev O`zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan bo`lajak “Ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko`rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish bo`yicha tashkil etilayotgan ishlar bo`yicha brifingda ma`lum qildi.  

" - Oxirgi 4,5 yil davomida tadbirkorlar bilan ishlash tizimi shakllantirilgan bo`lsada, davlat rahbarining tadbirkorlar bilan "ochiq muloqoti" ilk marotaba tashkillashtirilmoqda.  

Prezidentga taklif dasturi doirasida tadbirkorlarning takliflari Palataning yagona 150-60-06 raqami  va Bosh Vazir qabulxonasining 1100 qisqa raqamli call-markazi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushmoqda.  

Taklif va murojaatlar bo`yicha ijtimoiy e`lonlar Palata tizimidagi rasmiy saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali  tizimli ravishda OAV larga etkazib borilmoqda.  

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushayotgan takliflarni tizimlashtirish, shu jumladan tahlil qilish maqsadida barcha manbalardan kelib tushgan takliflarni birlashtiradigan taklif.chamber.uz integrasion platforma tashkil etilgan.

Shu bilan birga, shtabga kelib tushadigan murojaatlar 12 ta klassifikatorga bo`lingan. Ular 24/7 tizimda ishlashmoqda", - deydi Dilmurod Hamraev.

 

    Boshqa yangiliklar