AsosiyJamiyat

Bosh vazir maslahatchisi Turkiyada o`zbeklarning huquqlarini muhofaza qilinishi bo`yicha muzokara olib bordi

'Bosh vazir maslahatchisi Turkiyada o`zbeklarning huquqlarini muhofaza qilinishi bo`yicha muzokara olib bordi'ning rasmi

Turkiyada tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegasiya a`zolari Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Sedat O`nal, Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisining Turkiya – O`zbekiston parlamentlararo do`stlik guruhi a`zolari bilan muzokaralar olib bordi.

Unda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, kun tartibidagi ikki tomonlama shartnomalarning ratifikasiyasi masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, delegasiya a`zolari Turkiya Oliy saylov kengashi rahbari Muharrem Akkaya bilan ham uchrashdi, Turkiyaning xorijdagi fuqarolari uchun ovoz berishni tashkil etish yo`nalishidagi tajribalari o`rganildi.

 

    Boshqa yangiliklar