SSV matbuot xizmati 4 oydan beri O`zbekistonda amalga oshirilayotgan vaksinasiya jarayonlari haqida xabar berdi. Xususan, 31 iyul holatiga ko`ra, emlash jarayonlarida jami 7 681 748 doza vaksina qo`llanilgan.
O`zbekistonda emlash tadbirlariga jami 21,4 million nafardan ortiq aholi jalb etilishi mo`ljallangan bo`lib, aprel, may, iyun, iyul oylari davomida 1 211 019 nafar kishi koronavirusga qarshi to`liq emlangan.
Ma`lumot uchun, shu paytgacha jami 12 million 580 ming 60 doza vaksina keltirilgan.
Ulardan:
- 370 ming dozasi "Sputnik V",
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.






