Bugun bo'lib o'tgan videoselektor yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev hududlardagi obodonlashtirish masalasiga ham to`xtalib o`tdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qilmoqda.
Davlat rahbarining mas`ullarga bergan topshirig`iga ko`ra, joriy yil yakuniga qadar avtomobil yo`llari, dala chetlari, barcha aholi maskanlarida 155million dona, shundan 80million dona – tut, 3,5 million dona – pavlovniya va 71million dona – tez o`suvchi va boshqa ko`chatlari ekiladi. Bundan tashqari, 2,5mingta mahalladagi aholi xonadonlariga 9,5million dona uzum ko`chati ekish tashkillashtiriladi.
Bunda laboratoriya sertifikatiga ega, sifatli ko`chatlarni tanlash, ularni ekish uchun mos joylarni to`g`ri belgilash, o`z vaqtida parvarishlashga viloyat hokimlari shaxsan mas`ul va javobgar bo`ladilar.
Mavzuga doir:
O`tgan 6 oyda iqtisodiy ko`rsatkichlarimiz oshgan. Qaysi tarmoqlar hisobiga?






