Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda x variant deya tarqatilayotgan test topshiriqlari 2021-2022-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emas! Bu haqda DTM rasmiy xabar bermoqda.
" Davlat test markazi bazasida bunday test topshiriqlari mavjud emasligini ma`lum qilamiz.
Shu o`rinda Davlat test markazi barcha abiturientlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz ma`lumotlarga ishonmasliklarini va firibgarlar tuzog`iga tushib qolishdan ehtiyot bo`lishlarini so`raydi", - deyiladi rasmiy xabarda.






