AsosiyJinoyat

Kattaqo`rg`on tumanida “Lacetti” mashinasini olib berishni va`da qilgan savdo agentining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Kattaqo`rg`on tumanida “Lacetti” mashinasini olib berishni va`da qilgan savdo agentining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Unda, “A.” avtosaloni savdo agenti Sh.T. fuqaro N.ga “Lacetti L-Elegant/At Plus” avtomashinasini olib berish uchun go`yoki “V.” MChJ tomonidan to`lov qabul qilinganligi haqida kvitansiya hamda oldi-sotdi shartnomasini taqdim qilib, evaziga uning 12 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv davomida Sh.T. tomonidan o`z aybiga to`liq iqror bo`lib 3 900 AQSh dollarini qaytargan holati prosessual tartibda rasmiylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar