AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vazirligi Aqlli shaharning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun grant mablag`larini qo`lga kiritdi

'Innovasion rivojlanish vazirligi Aqlli shaharning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun grant mablag`larini qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Koreyaning xorijiy infratuzilma va shaharsozlikni rivojlantirish korporasiyasining (KIND) O`zbekistondagi direktori Kim Xvi Bong o`rtasida «Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarida Xalqaro innovasion qurilish kompleksi va zamonaviy yo`ldosh shahar -- Smart sitini barpo etish» investisiya loyihasini amalga oshirish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi.  

Ta`kidlash joizki, Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Korea Land and Housing Corporation (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda «Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarida Xalqaro innovasion qurilish kompleksi va zamonaviy yo`ldosh shahar -- Smart sitini barpo etish» investisiya loyihasini amalga oshirish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.  Joriy yilning aprel oyida Innovasion rivojlanish vazirligi Koreya Respublikasining Er, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan aqlli shaharsozlik grant dasturida ishtirok etib, «Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarida Xalqaro innovasion qurilish kompleksi va zamonaviy yo`ldosh shahar -- Smart sitini barpo etish» investisiya loyihasining Bosh reja va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda texnik yordam ko`rsatishni nazarda tutuvchi loyihasini taqdim etgandi. Innovasion rivojlanish vazirligining loyihasi grant dasturi doirasida tanlab olindi va tasdiqlandi. Joriy yilning avgust oyida loyihani amalga oshirishni boshlash rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugungi kunda respublikada xorijiy davlatlarning muvaffaqiyatli amaliyotiga asoslangan Aqlli shahar dasturini bajarish, milliy infrastrukturani rivojlantirish, xalqaro investisiya loyihalarini amalga oshirish, samarali yondashuvlar va mexanizmlar integrasiyalashuvi vazirlikning oldida turgan muhim vazifalardan ekanini ta`kidladi.

Ushbu investisiya loyihasini amalga oshirishdan maqsad respublikaning uzoq muddatli barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ta`minlash, Aqlli shahar loyihasini amalga oshirish sohasida katta tajribaga ega bo`lgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda shaharning muhandislik, uy-joy, ijtimoiy va innovasion infratuzilmasini rivojlantirishdir.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikdagi faoliyat yo`nalishlarini muhokama qilib, investisiya va grant dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Mazkur hamkorlik Koreya Respublikasi bilan Innovasion rivojlanish vazirligining qo`shma loyihalar, shahar infratuzilmasini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish imkonini beradi, bu esa o`z navbatida innovasion rivojlanishning asosiy mezonlaridan biridir.

    Boshqa yangiliklar