Qarorgohi Xelsinki shahrida joylashgan Finlyandiyaning O`zbekistondagi elchisi Marya Liivala bilan xayrlashuv uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma`lum qildi.
1 sentyabrdan Liivala xonim Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti bosh direktori lavozimiga kirishmoqda.
Uchrashuvda elchi Liivalaning diplomatik missiyasi davomida ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi hamda uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.






