O`zbekiston tashqi ishlar vazirligida korrupsiya, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to`g`risida hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tashqi ishlar vazirligi ma`lumotiga ko`ra, hujjatlarni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Amerika Qo`shma Shtatlarining O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum imzoladi.






