AsosiyJamiyat

Leningradda ishlayotgan o`zbekistonliklardan patent uchun qilingan xarajatlar hech qanday izohlarsiz ushlab qolingan. Nega?

'Leningradda ishlayotgan o`zbekistonliklardan patent uchun qilingan xarajatlar hech qanday izohlarsiz ushlab qolingan. Nega?'ning rasmi

Rossiya Federasiyasida o`zbekistonlik mehnat migrantlariga zarur konsullik va huquqiy yordam ko`rsatish maqsadida Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining vakolatxonasi va “Uzbekistan airways” AJ vakillari Kilininskiy tumani uy-joy kommunal xizmatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Bundan tashqari Leningrad viloyatidagi qurilish kompaniyalaridan birida ishlayotgan yurtdoshlarimiz murojaatlariga ko`ra, ushbu kompaniya qurilish maydoniga tashrif buyurildi.

Murojaatga ko`ra, fuqarolarimiz ushbu korxona tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida ishga taklif etilgan. Ularning ish joyiga etib kelishi uchun aviachipta, vaqtincha ro`yxatdan o`tish va patent xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplangan. Fuqarolar olti oy mazkur korxonada ishlagandan so`ng yuqoridagi xarajatlar ishchilardan undirilmasligi yuzasidan og`zaki kelishuvga erishilgan. Lekin 30 iyul kuni navbatdagi ish haqi berilayotganda 34-35 ming rubldan patent uchun qilingan xarajatlar hech qanday izohlarsiz ushlab qolingan.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida kompaniya mas`ul xodimlari bilan muzokara olib borildi. Ularning so`zlariga ko`ra, agarda fuqaro 6 oy davomida ishlab bersa, aviachipta xarajatlari olinmasligi va patent uchun ushlangan pullar bir yildan so`ng, 13-oylik maosh sifatida qaytarilishi tushuntirib o`tildi.

Boshqa yangiliklar