AsosiyJamiyat

Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobili hamda "Nexia" to`qnashdi. Yo'lovchilardan biri halok bo`ldi(video)

'Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobili hamda "Nexia" to`qnashdi. Yo'lovchilardan biri halok bo`ldi(video)'ning rasmi

Bugun, 4 avgust kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov va Olmazor ko`chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1979 yilda tug`ilgan B.Sh. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobil hamda haydovchi, 1974 yilda tug`ilgan A.R. boshqaruvidagi "Ford" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.

Natijada, "Ford" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo`lovchisi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar