O`zbekistonda amalga oshirilayotgan vaksinasiya jarayonlari aholi qatlamlari o`rtasida taqsimlandi. Qaysi soha vakillari eng ko`p vaksina qabul qilgani ma`lum bo`ldi.
3 avgust holatiga ko`ra, aholi qatlamlari kesimida emlash ko`rsatkichlari quyidagicha:
- 65 yoshdan katta fuqarolar — 1 350 573 doza;
- tibbiyot xodimlari — 887 041doza;
- maktab o`qituvchilari — 964 112 doza;
- maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari — 360 532 doza;
- surunkali kasalligi borlar — 1 290 655 doza vaksina bilan emlanib, vaksinalarning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlari uchun sarflangan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga asosan:
2021 yil 1 sentyabrgacha 18 yoshdan katta bir qancha aholi qatlamlari koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
1 oktyabrgacha 2-doza vaksinalari;
1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatma bo`lgan hollar mustasno) shartligi belgilangan edi.






