Farg`ona viloyati Toshloq tumanida Matiz 13 yoshli qizni urib ketdi. Bu haqda «Yangi davr» informasion dasturida xabar qilmoqda.
Farg`ona viloyati IIB YHXB kelib tushgan xabarga ko`ra, Toshloq tumani Qashqar qishlog`i hududida Matiz hamda Nexia o`rtasida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Matiz avtomobili haydovchisi o`ziga nisbatan bitta yo`nalishda harakat qilib kelayotgan Nexia avtomobilini quvib o`tish qoidasini buzib, yo`l chetidagi piyoda – 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to`qnashgan.
Piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan qiz shifoxonada vafot etgan.
Hozirda tezkor tergov guruhi hamda mutasaddi xodimlari bilan birgalikda voqea tafsilotlari o`rganilmoqda.






