AsosiyJamiyat

Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda

'Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Yunusobod tumani hokimining “Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig`ini hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish to`g`risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Loyihaga muvofiq, qaror qabul qilingach, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig`ini xududida yangi tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomi aks etgan nomlagichlar o`rnatiladi va tegishli hujjatlarga o`zgartirish kiritiladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari hamda Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmatlar ko`rsatish masalalari bo`yicha doimiy komissiyalari hujjat ijrosini nazorat qiladi.

    Boshqa yangiliklar