Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati ma`lum qildi.
Tehron shahrida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegasiyasi Eron Islom Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.
Unda Eron davlat rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan uning saylovlardagi g`alabasi munosabati bilan yo`llagan samimiy tabrigi uchun o`z minnatdorligini bildirdi.
I.Raisiyning ta`kidlashicha, Eron rasmiy doiralari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilayotgan mintaqa davlatlari bilan o`zaro hurmat, do`stlik va birodarlik tamoyillariga asoslangan yaqin qo`shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi.






