Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:
Vaksinasiya aslida inson organizmida tashqaridan tushadigan yot infeksiyaga qarshi himoya antitanachalar ishlab chiqish uchun organizmga yuboriladigan dori vositasi. U organizmga kirishi bilan organizmda immunitet a`zolari va hujayralariga ta`sir ko`rsatadi.
Vaksina homiladorlarda klinik tadqiqotdan o`tkazilmagan. Vaksina homila rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi yoki yo`qligi haqida asosli ma`lumotlar mavjud emas. Homilasini oldirgan kelinchak holati esa chuqur o`rganishni talab etadi, chunki vaksinadan oldin onaning salomatligi, yoshi, tashqi ta`sirlar ham bolani rivojlanmasligiga va homilada nuqsonlar paydo bo`lishiga olib keladi.
Bunday holatlar vaksinagacha ham bor edi, aynan bir kelinchak holatini vaksina bilan bog`lash noto`g`ri, uni o`rganib chiqilgandan keyin to`g`ri fikr va xulosa chiqarish mumkin.






