AsosiyJamiyat

Har kuni Istanbulga O`zbekistonning to`rtta nuqtasidan sayohatga borish mumkin — "Uzbekistan Airways"

'Har kuni Istanbulga O`zbekistonning to`rtta nuqtasidan sayohatga borish mumkin — "Uzbekistan Airways"'ning rasmi

Uzbekistan Airways bilan o`zbekistonliklar deyarli har kuni Istanbulga O`zbekistonning to`rtta nuqtasidan — Toshkent, Samarqand, Farg`ona va Urganchdan sayohat qilishi mumkin. Bu haqda milliy aviakompaniya Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lumot uchun: Istanbul – bir qismi Evropada, bir qismi Osiyoda joylashgan yagona shahar. Shahar Vizantiya, ikkinchi Rim va Konstantinopol nomi bilan mashhur bo`lgan. Bu erda dunyodagi eng katta yopiq – Grand Bozor, uning hududida esa 61 ta ko`cha, 4500 dan ortiq do`kon, 2000 ta atele, 18 ta favvora va 12 ta masjid bor.

Turkiyadagi eng katta masjid – oltita minoraga ega «Chamlicha» madaniy va diniy majmuasidir, u 60 mingdan ortiq taqvodorlar va sayyohlarni sig`dira oladi. Shaharda 3000 dan ortiq masjid bor.

«Chukurjuma» bozori qadimiy do`konlar va savdo pavilonlari bilan to`la tor ko`chada joylashgan. Bu erda  o`ziga xos va o`z tarixiga ega uy-ro`zg`or buyumlari – gilamlar, zargarlik buyumlari, idishlar, o`yinchoqlarni topish mumkin.

Qandolatchilik bilan shug`ullanadigan «Hofiz Mustafo» 1864-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va keng turdagi an`anaviy turk shirinliklari, qahva va ziravorlari bilan mashhur.

 

    Boshqa yangiliklar