AsosiyJamiyat

Mustaqillik munosabati bilan 20dan ortiq hujjatli filmlar telepremerasi bo`lib o`tadi

'Mustaqillik  munosabati bilan  20dan ortiq hujjatli filmlar telepremerasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Kinematografiya agentligi O`zbekiston xalqiga bayram tuhfasi sifatida 20dan ortiq hujjatli filmlarning milliy televizion namoyishini taqdim etadi. Bu haqda  agentlik xabar qildi

Ma`lum bo`lishicha, mazkur hujjatli filmlar Prezident Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratilgan.  

Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan  "Alisher Navoiy", "Zahiriddin Muhammad Bobur", "Ogahiy", "Berdaq", "Mahmudxo`ja Behbudiy", "To`lepbergan Qayipbergenov", "Abdulla Avloniy", "Ibroyim Yusupov", "Abdulla Qahhor", "Abdulhamid Cho`lpon", "Maqsud Shayxzoda", "G`afur G`ulom", "Hamid Olimjon va Zulfiya", "Muhammad Yusuf", "Erkin Vohidov", "Abdulla Oripov" kabi hujjatli filmlari ilk bor televidenie orqali namoyish etiladi.

Boshqa yangiliklar